Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘tkazilgan XVI xalqaro Qur'oni karim musobaqasida Eron vakili g‘olib bo‘ldi
Shu yilning 11 oktabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahri "CROCUS CITY HALL"majmuasida XVI Moskva xalqaro Qur'on qorilari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Rossiya musulmonlari diiniy boshqarmasi muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdin ta'kidlaganidek, Moskva an'anaviy Qur'oni Karim musobaqasi dunyodagi nufuzli Qur'oni Karim tanlovlari qatoridan o‘rin olgan. Unda 44 mamlakatdan Qur'oni Karim hofizlari ishtirok etdi.
Saralash bellashuvlaridan so‘ng 6 nafar mamlakat a'zolari musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi (Jazoir, Eron, Yaman, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Tanzaniya).
Hakamlar hay'ati qaroriga ko‘ra, Eron islom Respublikasi vakili Muso Mo‘tamedi qori musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni yamanlik qori Zoid Abdullatif Abdulloh Al-Sanoiy, hamda tanzaniyalik hofizi qur'on – Umar Abdulloh Salim egalladi.
Ma'lumot o‘rnida, musobaqada bu yili Rossiya Federatsiyasidan 16 yoshlik dog‘istonlik Bilol Abdulxoliqov ishtirok etdi.
XVI Moskva xalqaro Qur'on qorilari musobaqasi doirasida islom madaniyati va Qur'oni karimning tarixiga oid ko‘rgazma tashkillashtirildi.
Ko‘rgazmada Qur'oni Karimnig noyob tarixiy nusxalari namoyish etildi. Shuningdek, "Arabic Calligraphi Center Easyarabic" jamiyati tomonidan tajvid qoidalari haqida mahorat darslari tashkil qilinib, hattotlik san'ati bilan ham tanishtirib o‘tildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Ko‘rgazma mehmonlari Saudiya Arabistonining xurmo eksport qiluvchi mashhur "KupiFinik" hamda choy ishlab chiqaruvchi "Maqam" korxonalari mahsulotlari bilan tanishish imkoniga bo‘lishdi.