Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
National Geographic yilning eng yaxshi suratlarini tanladi. Ular orasida O‘zbekiston manzarasi ham bor
National Geographic nashri 2017 yilga yakun yasab, butun dunyodan o‘zining mualliflari yuborgan suratlar ichidan 57 ta eng yaxshi suratni tanlab oldi. Hakamlar hay'ati bu suratlarni 2 mln.ga yaqin surat ichidan tanlab oldi.
Suratlar oylar bo‘yicha taqsimlab chiqilgan. Aksariyat suratlar biror voqea yoki muammoni aks ettiradi.
Quyida ushbu suratlardan bir nechtasi keltirilgan.
Yozuvchi Mark Sinnott O‘zbekistondagi tog‘da.
Kit Meksikada sayyohlar yoniga suzib keldi.
Keniyada joylashgan priyutdagi yetim filchalar.
Nepallik Mauli Dxan 90 metr balandlikda asal yig‘moqda.
Avstraliyalik ovchilar va ular tomonidan o‘ldirilgan timsoh.
Imperator pingvinlari okeanda ozuqa izlamoqda.
Shotlandiyaning Loxkarronidagi bug‘ular.
Toronto universiteti psixologi infraqizil spektroskopiya yordamida odamlarda yolg‘onchilikning rivojlanishini o‘rganmoqda.
Fernandin orolida ikkita dengiz iguanasi mumiyoga aylangan boshqa bir iguana oldida.
Mavzuga oid
22:01 / 22.10.2025
Xiva National Geographic tomonidan sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi
11:01 / 26.01.2024
O‘zbekiston National Geographic Traveler Readers’ Awards mukofotiga da’vogarlik qilyapti
14:05 / 10.06.2023
Jizzaxda sevgan qizining uyatli rasmlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi
23:25 / 04.02.2023