Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Betmen Supermenga qarshi” filmi kino tarixidagi eng qimmat film bo‘ladi
“Betmen Supermenga qarshi: adolat tongida” filmi kino tarixidagi eng katta byudjyetga ega film bo‘ladi, deb ma'lum qilmoqda Latino Review. 2016 yilning bahorida katta ekranlarga chiqishi kuzatilayotgan kartinaning byudjyeti 410 million dollarni tashkil etadi.
imdb.com ning ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar eng qimmat film “Karib dengizi qaroqchilari: Olam chegarasida” filmi hisoblanib kelinar edi. Uning byudjyeti 341 million dollarni tashkil etadi.
“Betmen Supermenga qarshi” filmida Betmen rolini Ben Afflek, Supermen rolini esa Xenri Kevill ijro etishgan. Kartina rejyessyori Zak Snayder. Film musiqasi Junkie XL ga tegishli.
Ben Afflekning so‘zlariga ko‘ra, uning qahramoni oldingi Betmenlardan farq qiladi. U qarigan va vazmin. Aktyor o‘z qahramonini “amerikalik Gamlet” deb atagan.