Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milner va Tsukerberg olimlarga 22 mln dollar berishadi
Rossiyalik biznesmen Yuriy Milner asos solgan nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan olimlar 2015 yilda 22 mln dollar oladi. Breakthrough Prize 2012 yilda tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik Facebook asoschisi Mark Tsukerberg tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Bundan tashqari, mukofot tashkilotchiligiga qo‘shilganlar sirasida Google asoschilaridan biri Sergey Brin, Alibaba Group asoschisi Jyek Ma hamda ularning rafiqalari bor. Mukofot The Guardian nashri tomonidan “ilmiy Oskar” deb ataldi.
Premiya bir necha nominatsiyalarda topshiriladi: “Biologiya va tibbiyot”, “Fundamental fizika” va “Matematika”. Bundan tashqari, mukofot doirasida maxsus nominatsiyalar ham mavjud: Breakthrough Junior Challenge va New Horizons. Birinchi tanlovda ishtirok etish uchun 13-18 yashar yosh tadqiqotchilar taklif etiladi; ular qisqa videolavhada fizika, matematika va biologiyaga oid jiddiy muammoni yoritib berishi talab qilinadi. Joriy yili unda 86 davlatdan tashrif buyurgan 2 ming yosh tadqiqotchi ishtirok etdi. Ikkinchi mukofotning summasi esa 100 ming dollar bo‘lib, matematika va fizika sohasida yutuqqa erishgan olimlarga taqdim etiladi.
Joriy yilda hayot haqida fanlar nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritgan olimga 3 mln dollar oladi. Umumiy yutuq jamg‘armasi 21.9 mln dollarni tashkil qiladi. Bu Nobel mukofotining yutuq jamg‘armasidan ancha ko‘pdir.
Yaqindagina Milner britaniyalik tadqiqotchi, zamonamizning eng buyuk olimi Stiven Xoking bilan hamkorlikda Yerdan tashqari hayot alomatlarini qidirish bo‘yicha loyihani boshlab yubordi.