Jamiyat | 22:35 / 15.11.2015
49899
2 daqiqa o‘qiladi

Asal Shodiyeva singlisining to‘yida Lara Fabianning Je T'aime qo‘shig‘ini kuyladi

15 noyabr kuni Toshkent shahridagi Versal tuyxonasida kinoaktrisa Asal Shodiyevaning singlisi Robiya Shodiyeva va Shahzod Rahimovning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Nikoh marosimida ishtirok etgan Asal Shodiyeva kelin-kuyovni Lara Fabianning Je T'aime qo‘shig‘ini kuylab berish orqali tabriklagan.

Kuyov ham san'at olami vakili ekani, o‘z vaqtida "Bojalar" guruhi bilan duet aytib chiqish orqali muxlislarga tanilgani aytilgan. U Jahongir Poziljonovning shogirdi sifatida yana bir necha qo‘shiq yozgan.

To‘yga taklif etilganlar orasida xonanda Shohruhxon va uning onasi Zebo Navro‘zova ham bo‘lgan. To‘yda mehmon bo‘lganlarning ma'lum qilishicha, to‘yxonada o‘zbek kino va estradasi olamining boshqa vakillari deyarli bo‘lishmagan.

Qayd etish kerakki, shu yilning avvalida Asal Shodiyeva hamda Shohruhxonning unashtirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, keyinchalik Shohruhxon bunday xabarlarni inkor qilgandi.