Sport | 16:58 / 20.11.2015
3544
2 daqiqa o‘qiladi

Yugurish bo‘yicha 3 karra olimpiada chempioni bo‘lgan amerikalik sportchi vafot etdi

Yugurish bo‘yicha uch karra olimpiada chempioni, amerikalik Mel Uitfild Vashingtonda 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda xalqaro yengil atletika assotsiatsiyalari federatsiyasi (IAAF) rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Uitfild Olimpiadadagi ilk oltin medalini 1948 yilda Londonda 800 metrga yugurish musobaqalarida qo‘lga kiritgandi. Shuningdek sportchi 4ta 400 metrlik estafetada AQSh terma jamoasi bilan oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Xelsinki-1952 olimpiadasida esa u yana 800 metr masofada chempion bo‘lgan va uchinchi oltin medalini qo‘lga kiritgan. Uitfilddagi estafetada esa kumush medal bilan taqdirlangandi.

Amerikalik sportchi sport bilan birga harbiy sohada ham faoliyat olib borgan. Serjant unvoniga ega harbiy AQSh harbiy havo kuchlari tarkibida Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgandi.

Uitfild sportdagi faoliyatiga 1956 yilda yakun yasagan. AQSh davlat departamentida sport elchisi, Nigeriya jismoniy tarbiya va sport universiteti departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.