O‘zbekiston | 15:54 / 03.12.2015
3575
1 daqiqa o‘qiladi

“Sochi” aeroporti O‘zbekiston aviakompaniyasini eng mas'uliyatli aviatashuvchi deb tan oldi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Sochi” aeroportiga xalqaro reyslarni amalga oshiruvchi eng punktual aviatashuvchi deb tan olindi.

“Bazel Aero” aviatsion xoldingi (“Sochi”, “Krasnodar”, “Anapa” va “Gelenjik” aeroportlari operatori) mazkur aeroportlar bilan hamkorlik qiluvchi aviatashuvchilarning o‘ziga xos reytingini ishlab chiqdi.

O‘zbekistonning milliy aviakompaniyasini eng punktual, ya'ni reyslarni har doim vaqtida amalga oshiradigan hamkor deb topildi.

“Bazel Aero” o‘zbekistonlik aviatashuvchilarga 2015 yil yozgi mavsumda Krasnodar o‘lkasida aviatashishni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini e'tirof etib, faxriy yorliq topshirdi.