Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Tinchlikni asrash – davr talabi” mavzusida anjuman o‘tkazildi
Bugungi kunda yurtimizda hukm surayotgan tinchligimizni asrab-avaylash, xalq orasida xavfsizlik va hushyorlikni yanada oshirish, diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish bo‘yicha barchada, asosan, talaba yoshlarda unga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida joriy yilning 4 dekabr kuni Nukus shahridagi “Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Tinchlikni asrash – davr talabi” mavzusida anjuman o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlar idorasining rasmiy veb portali.
Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Prezident Devoni mas'ul xodimi Eldor Ibragimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimlari, bilim yurtining mudarris va talabalari ishtirok etishdi.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, bilim yurti mudiri Shamsuddin Bauatdinov anjumanning kun tartibi va ishtirokchilar bilan tanishtirdi. Anjumanda Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov “Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari”, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov “Islom tinchlik dini. Tinchlikni asrash va targ‘ib qilish dolzarb vazifa” mavzularida ma'ruzalar qildilar, talabalarga dinimizning sof aqidalarini chuqur egallashlari, buzg‘unchi oqimlarga raddiya bera oladigan qadrlar bo‘lib yetishishlari, kelajakda xalqimizga sof Islom aqidalarini yetkazishda jonbozlik bilan xizmat qilmog‘i zarurligini uqtirdilar.

Shuningdek, bilim yurti 4-kurs talabasi Allayarov Ismayil, 2-kurs talabasi Najmatdinov Karamatdin mavzu yuzasidan ma'ruzalar qildi. Tadbirda talabalar qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Anjumandan so‘ng mehmonlar bilim yurti binosi, o‘quv xonalari, axborot resurs markazi, yotoqxona, oshxona va sport zalidagi sharoitlar, qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.