Texnologiya | 07:51 / 08.12.2015
6630
1 daqiqa o‘qiladi

Rolls-Royce Turkiyada yaratiladigan birinchi qiruvchi samolyot uchun dvigatel ishlab chiqarmoqchi

Rolls-Royce kompaniyasi Anqaraga Turkiyada yaratiladigan birinchi qiruvchi samolyotni o‘zining EJ200 dvigateli bilan jihozlashni taklif qildi, deb xabar bermoqda DefenseNews nashri.

TFX ishchi nomi bilan yaratilayotgan bu samolyotlarning ilk sinovlari 2023 yilda o‘tkazilishi taxmin qilinmoqda.    

EJ200 dvigateli Rolls-Royce, MTU, Avio va ITP kompaniyalarining birgalikdagi ishlanmasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘lchami kichikroq va soddaroq dvigatel ishlab chiqarishmoqchi, bu dvigatel qolgan shunday turdagi dvigatellarga nisbatan kamroq yonilg‘i sarflaydi.