Sport | 20:56 / 09.12.2015
4706
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino: Messi mendan kuchliroq ekanini "Barselona"daligimdayoq bilardim

"Barselona" jamoasining braziliyalik sobiq futbolchisi Ronaldino jamoadan ketishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan birini aytdi.

"Ketish haqida qaror qilish qiyin bo‘lmagan. Chunki ketish vaqti kelgandi. Men bu borada o‘sha vaqtda jamoa murabbiyi bo‘lgan Frank Raykard bilan gaplashdim, u menga "Milan" jamoasi haqida iliq fikrlarni aytdi. Menda boshqa variantlar ham bo‘lgandi, lekin men murabbiyimning maslahatiga ko‘ra, "Milan"ni tanladim.

Men Messiga yomon muomilada bo‘lmaganman. Bu haqda turli gaplar yuradi. Lekin bunday gaplarda haqiqat yo‘q. Men hamisha unga yordam berishga harakat qilardim.

Men unga Ronaldo men bilan qanday muomila qilgan bo‘lsa, shunday muomila qilganman.

Men Ronaldoning mehribonligini sezardim va Messi ham mendan shuni ko‘rishini istardim.

Messi hamisha kamtar edi, lekin o‘shandayoq u yetakchi futbolchiga aylanib bo‘lgandi. Biz bir ko‘chada yashardik, mening Messi va uning oilasi oilasi bilan munosabatlarim a'lo darajada edi.

Hatto o‘sha paytlarda ham u mendan kuchli ekanini bilardim", deya tan oladi Ronaldino.