Jahon | 21:35 / 09.12.2015
9132
2 daqiqa o‘qiladi

Londonda superkanalizatsiya paydo bo‘ladi

Londonda Temza daryosi tagidan superkanalizatsiyaning asosiy elementi bo‘ladigan tunnel qurilmoqda. Bu haqda Gizmag nashri xabar bermoqda.

Yangi oqova suvlari mexanizmlarini barpo etish zarurati 150 yil avval qurilgan kanalizatsiya tizimi eskirib qolgani va Londondagi katta miqdordagi kanalizatsiya chiqindilarini eplay ololmayotgani tufayli paydo bo‘ldi. Bu kanalizatsiya tizimi yaratilganda Londonda 2 mln ga yaqin odam yashagan, hozirda esa shahar aholisi 8 mln dan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Temza ostidan tunnel qurilishi 4,2 mlrd funt sterlingga baholanmoqda va najasliklarni oqizish uchun mo‘ljallangan. Shu tariqa najasliklar boshqa daryoga tushmaydi, daryo esa oqova suvlar, misol uchun yomg‘ir suvlari hisobiga to‘ldiriladi. Bu toshqinlar xavfini kamaytiradi va tizimning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.

Tunnel qurilishi to‘xtovsiz, kun bo‘yi olib boriladi. Maxsus burg‘ilovchi mashinalar nafaqat tunnel ochadi, balki beton konstruksiyalarni ham qo‘yib ketadi.

Tunnel har 790 metrda bir metrga yerga botiriladi, bu chiqindilarning tabiiy yo‘l bilan tunnelning bir uchidan boshqa uchiga oqishiga imkon beradi. Bundan tashqari, bu tunnel boshqa tunnellar, misol uchun metro tunneli bilan kesishmasligi kerak.

Tunnel diametri 7 metrni, uzunligi 25 kilometrni tashkil qilishi rejalashtirilmoqda. Tunnel yer ostidan 25 metrdan 65 metrgacha chuqurlikdan o‘tkaziladi. Tunnel qurilishi 2023 yilga yakunlanishi