Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
101 nafar bank xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi
Tijorat banklari tomonidan qoidabuzarliklarni yo‘l qo‘yilishiga sababchi bo‘lgan 101 nafar bank xodimlariga nisbatan qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
May-iyun oylarida 15 ta tijorat bankining Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahrida joylashgan 74 ta muassasasida bank xizmatlari qonunchilikka muvofiq ko‘rsatilishiga doir navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, o‘rganishlar natijasida tijorat banklari muassasalari tomonidan iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda qator qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Jumladan, kredit va omonat xizmatlari haqida ma’lumotlar, kredit va muddatli omonatlar asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqalari taqdim etilmagani, bank kartalari egalariga ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishda imkon yaratib berilmagani holatlari kuzatilgan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha “Ipoteka-bank”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Xalq banki”, “Turonbank”, “Trastbank”, “Kapitalbank”, “Milliy bank”, “Hamkorbank”, “Asaka bank”, “Universalbank”, “Davrbank” va “Ipak yo‘li banki”ga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborildi.
Tijorat banklari tomonidan qoidabuzarliklarni yo‘l qo‘yilishiga sababchi bo‘lgan 101 nafar bank xodimlariga nisbatan qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Mavzuga oid
09:05 / 18.10.2025
Markaziy bank 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
16:38 / 26.09.2025
Milliy investitsiya jamg‘armasining portfeli qayta ko‘rib chiqildi
19:11 / 19.09.2025
Islom moliyasi bo‘yicha 20-xalqaro forum Toshkentda bo‘lib o‘tdi
15:04 / 03.11.2024