2015 yilda to‘y o‘tkazgan o‘zbek shou-biznes va sport yulduzlarining reytingi tuzildi
2015 yilda o‘zbek shou-biznesida o‘ziga xos “to‘y mavsumi” bo‘ldi. Ko‘plab san'atkorlar o‘z juftini topdi yoxud farzandlarining boshini ikkita qildi. Shu munosabat bilan “Darakchi” gazetasi o‘tgan yil mobaynida to‘y tantanalari o‘tkazib, elga osh bergan san'atkorlar va sportchilarning diqqatga sazovor reytingini e'lon qildi. Quyida sizga mazkur ro‘yxatni taqdim etamiz.
1. Otajonovlar sulolasining yosh vakili Ali Otajonov 10 fevralda yaqinlari davrasida visol oqshomini nishonladi – u Gavharxon bilan hayotini bog‘ladi.
2. “Nihol” mukofoti sovrindori Dilso‘z va xonanda Farrux Raimov 16 aprel kuni Navoiyda, 21 aprel kuni esa Toshkentda to‘y qilishdi.
3. “Mening yurtim” telekanalidagi Non-stop ko‘rsatuvi boshlovchisi Baxtiyor Safarov 16 aprel kuni Niginaxon bilan turmush qurdi. To‘y Buxoroda bo‘lib o‘tdi.
4. Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li Qilichbek Madaliyev 24 mayda oila qurdi.
5. O‘zbekistonlik mashhur futbolchi, O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachi Sanjar Tursunov 8 iyunda Zuhraxon bilan taqdirini bog‘ladi.
6. Ilgariroq qizi va katta o‘g‘lining boshini ikkita qilib qo‘ygan xonanda Dilfuza Ismoloilova o‘tgan yili kenja o‘g‘li Sarvarning ham boshini ikkita qildi.
7. “Sarbon” guruhi yakkaxoni Farhod Saidov qizi Mohinurni turmushga berdi.
8. Aktrisa Gulchehra Eshonqulova 30 mayda debyutant aktyor Sharof Sharapov bilan nikohini rasmiylashtirdi.
9. 16 avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva singlisi Nasibani turmushga berdi.
10. “Ummon” guruhi ishtirokchisi Jasur Rafiqov 6 sentabrda Gulistonga kuyov bo‘ldi.
11. Xonanda Yunusbek ham bo‘ydoqlar safidan chiqishga ulgurdi.
12. O‘zbek milliy drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma'sudov katta o‘g‘li Ulug‘bekni uylantirdi.
13. “Toshkent zebolari” raqs ansamblining raqqosasi Malika Qurbonova 16 sentabr kuni to‘yini nishonladi.
14. Aktrisa Gulnora Qosimova turmushga chiqdi. To‘y marosimi AQShda bo‘lib o‘tgan.
15. 12 oktabr kuni aktyor Akbarxo‘ja Rasulov yori Nargizaxon bilan turmush qurdi.
16. Xonanda Sardor Mamadaliyev ham o‘sha kuni to‘y marosimini o‘tkazdi.
17. 20 oktabrda qiziqchi Shukrullo Isroilov o‘g‘li Humoyunni uylantirdi.
18. Xonanda Muzaffar Mirzarahimov 26 oktabr kuni Shahzodaxon bilan oila qurdi.
19. “Davr” informatsion dasturining boshlovchisi Dilnoza Mamadaliyeva 6 noyabrda turmushga chiqdi.
20. Komik aktyor Asqar Hikmatov 19 noyabrda uylandi.
21. 21 noyabr sanasida esa shou-biznesdagi Oybek va Nigora juftligi munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlashdi.
22. 15 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri aktrisasi Nigina Anorboyeva turmushga chiqdi.
23. 22 noyabr kuni marhum san'atkor Muhriddin Xoliqovning o‘g‘li Odil Sevaraxon bilan hayotini bog‘ladi.
24. “Sabr”, “Taqdirlar” kabi filmlar orqali tanilgan aktrisa Nargiza Rahimova ham turmush qurdi.
25. Xonanda Ulug‘bek Ismoilov yori Mohidil bilan nikoh qurdi.