Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CES-2016: Hid orqali uyg‘otuvchi budilnik
Las-Vegasdagi CES-2016 ko‘rgazmasida hid orqali uyg‘otuvchi budilnik namoyish etiladi.
Sensorwake dasturchilari uyqudan uyg‘otishning noodatiy yo‘lini taklif qildi. Ularning taklifiga ko‘ra, endilikda ertalablari uyg‘onish uchun qattiq tovushlar va chinqiriqlar talab etilmaydi. Yangi budilnik okeanlar, jungli o‘rmonlari, kofe, shokolad, yalpiz yoki hatto dollarning o‘tkir hidini taratish orqali uyg‘otadi.
Budilnikdagi kukunlar hidi hech qanday kimyoviy reaksiyaga olib kelmaydi. Agar hid 3 daqiqa ichida uyg‘ota olmasa, budilnik ovoz chiqara boshlaydi.
SensorWake hidli budilniklari loyihasi 18 yoshli fransiyalik tadbirkor Giyom Rollan tomonidan ishlab chiqilgandi. Bunday budilnik kartrij orqali ishlaydi va bir marta 7,5 dollar evaziga quyilgan kartrij 2 oyga yetishi mumkin. Budilnikning narxi 65 dollarga yaqin bo‘lishi aytilgan.
Mahsulot hozircha buyurtmachilarga taqdim etilmagan, CES 2016 ko‘rgazmasidan keyin barcha u bilan batafsil tanishishi mumkin.