Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Vashingtondagi san'at galereyasini ko‘zdan kechirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti tashrifi arafasida Vashingtondagi Artur Sakler galereyasida o‘zbek atlasi va adrasi ko‘rgazmasi ochilgan edi. Shavkat Mirziyoyev mazkur ko‘rgazma bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu galereya Sharq san'ati muxlisi bo‘lgan Artur Sakler tomonidan tashkil etilgan. Bu yerda Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari san'ati namunalari namoyish etib kelinadi.
Shu kunlarda davom etayotgan ko‘rgazmada Garvard universiteti olimi Guido Goldman tomonidan to‘plangan qadimiy atlas va adras kiyimlar, amerikalik dizayner Oskar de la Renta tikkan shunday liboslar namoyish etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev muzeyning Markaziy Osiyo bo‘limidagi miniatyura va qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechirdi, o‘zbek amaliy san'ati buyumlari tarixi bilan qiziqdi.
Mavzuga oid
14:06
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25
Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda
21:21 / 26.12.2025