Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skype mobil namunasida guruh bo‘lib videochat o‘tkazish mumkin bo‘ladi
Microsoft kompaniyasi yaqin vaqtlar ichida Skype`ning iOS, Android va Windows 10 mobil namunasida guruh bo‘lib bepul videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishiga va'da berdi, deya yozmoqda Mashable.
Yangilash bir necha hafta ichida, Skype`ning 10 yillik yubileyida yo‘lga qo‘yiladi. Yangi funksiya bir vaqtning o‘zida 25 nafargacha foydalanuvchi ishtirokida videomuloqot o‘rnatish imkoniyatini beradi. Avvallari esa bunday imkoniyat faqatgina “Skype biznes uchun” xizmatida mavjud edi. Oddiy foydalanuvchilar esa faqat ovozli qo‘ng‘iroqlar orqali guruh bo‘lib suhbatlashishi mumkin.
Microsoft turli platformalar uchun yangilanishlar qachon amalga oshirilishini oshkor qilganicha yo‘q. Ammo Skype saytidan ro‘yxatdan o‘tganlar uning dastlabki namunasini sinab ko‘rishi mumkin.