Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minskda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Belarus poytaxti Minskda o‘z elchixonasini ochadi. Yaqin orada elchining tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi bosh vaziri Andrey Kobyakov bilan uchrashuvida xabar berildi.
Belarus Vazirlar Kengashi veb-saytiga ko‘ra, uchrashuvda turli sohalarda O‘zbekiston-Belarus hamkorligini kengaytirish, shuningdek, Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Minskda ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida savdo-savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqlash rejalashtirilgan. Belarus O‘zbekiston tomoniga savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni imzolashni ham taklif qildi.
Mavzuga oid
10:31 / 13.03.2026
Polshada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro vatanga qaytarildi
09:06 / 10.03.2026
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik bo‘yicha murojaat qilindi
14:04 / 04.03.2026
Dohada 500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik mehmonxonalarda qolmoqda
15:50 / 21.01.2026