Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi KFC Navro‘z munosabati bilan ot go‘shtidan burgerlar sotadi
Qozog‘istondagi KFC tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i ot go‘shtidan tayyorlangan «Sanders», «Klassik» va «Tvister» sendvich va gamburgerlarini o‘z menyusiga qo‘shdi, deb xabar berdi RNS.
Ta'kidlanishicha, burgerlardagi ot go‘shti an'anaviy tarzda qazi ko‘rinishida tayyorlanadi.
“Caspian International Restaurants” kompaniyasining vakili Ayjan Shormanning xabariga ko‘ra, qazidan tayyorlangan sendvich va burgerlar faqatgina Qozog‘istonda sotiladi. Uning ta'kidlashicha, menyudagi bunday o‘zgarish Navro‘z bayrami munosabati bilan amalga oshirilayotgan ekan.
“Bunday yagona taklif faqatgina qozog‘istonliklar uchun amalga oshirilmoqda, yangi menyu KFC mavjud bo‘lgan – Olma-ota, Ostona, Qarag‘anda va Pavlodar shaharlarida taqdim etiladi”, — deb ta'kidladi kompaniya xodimi.