Jamiyat | 17:14 / 19.04.2016
3869
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Anjyelina Jolining qiyofadoshi borligi ma'lum bo‘ldi

Amerikalik model Mara Teygenni aktrisa Anjyelina Jolining qiyofadoshi deb atashmoqda.

21 yoshli model Los-Anjyelesda istiqomat qiladi. U yaqindagina realiti-shou yulduzi Kayli Jyennerning reklama roligida suratga tushib, omma e'tiborini tortdi.

Mahalliy nashrda keltirilishicha, Kylie Cosmetics lablar uchun yaltiroq bo‘yoqni reklama qilishga Joli rozi bo‘lmasdi, Jolining qiyofadoshi esa bunga bajonidil ko‘ngan.

Bu Teygenning birinchi modellik ishi emas. Avval u Milani Cosmetics va Frankie's Bikinis reklamalarida ham ishtirok etgan. Instagram sahifasida uni 570 mingdan ortiq odam kuzatib boradi.

Teygenni nafaqat Joli bilan, balki rossiyalik model Irina Sheyk bilan ham solishtirishgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish