Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva xiyobonlaridan biri O‘zbekiston birinchi Prezidenti sharafiga nomlanadi
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning Moskva shahri markazidagi konsulligi va mehmonxonasi yaqinida barpo etilgan xiyobonga O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi beriladi. Yakimanka tumanidagi xiyobon Bolshaya Polyanka ko‘chasidagi 39-uy va Kazache 1-tor ko‘chasidagi 13-uy oralig‘ida joylashgan, deb xabar qilmoqda Moskva shahri sayti.
Rossiya va O‘zbekiston fan, siyosat va san'at namoyandalari konsullik yaqinidagi nomsiz xiyobonga Islom Karimov nomini berish tashabbusi bilan Rossiya poytaxti rahbariyatiga murojaat qilishgan. Xabarda yozilishicha, Moskva shahri ma'muriyatining 1 noyabrdagi majlisida mazkur hiyobonga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti nomini berish masalasi ham muhokama etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:51
Razvedka: 1000 nafardan ortiq keniyalik Rossiya tomonidan urushga yollangan
13:38
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
10:48
Urushga qarshi varaqalar sabab hukm qilingan shaxs infarktdan keyin vafot etdi
09:55