O‘zbekistonda saylov. Nomzodlar, hokimlar va boshqa mashhurlar ovoz bermoqda
Prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lgan besh kishi ham Toshkent shahridagi turli saylov uchastkalarida ovoz berib bo‘ldi.
O‘zbekistonda prezident saylovi boshlandi. 24 oktabr kuni soat 08:00 dan mamlakatdagi barcha saylov uchastkalari davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. Ovoz berish jarayoni soat 20:00 ga qadar davom etadi.
Soat 9:00 holatiga ko‘ra, respublikada davomat ko‘rsatkichi 12,3 foizni ko‘rsatmoqda. Saylovchilar Farg‘ona (16,9), Andijon (16,1), Namangan (14,9) va Jizzax (13,3) viloyatlarida faollik ko‘rsatishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyevning 9 nafar oila a'zosi ham saylov uchastkasida bo‘ldi, saylov huquqiga egalar ovoz berishdi.
Saylovda prezidentlikka nomzodlardan birinchi bo‘lib O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodi Narzullo Oblomurodov qatnashdi. U Toshkent shahridagi 579-saylov uchastkasida oila a'zolari bilan birga ovoz berdi. Unga ovoz berish jarayonida otasi va rafiqasi hamrohlik qilgan.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov rafiqasi bilan birga Toshkent shahridagi 116-saylov uchastkasiga kelgan.
Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Maqsuda Vorisova poytaxtning Uchtepa tumanidagi 206-saylov uchastkasida ovoz berdi. Unga ham turmush o‘rtog‘i va oila a'zolari hamrohlik qilgan.
Nihoyat «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov Shayxontohur tumanidagi 132-maktabda tashkil etilgan 405-saylov uchastkasida oila a'zolari — rafiqasi, o‘g‘li, kelini va nevaralari bilan birga ovoz berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 41-saylov uchastkasiga kelib, prezidentlik saylovida ovoz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norbayeva Toshkent shahridagi 362-saylov uchastkasiga oila a'zolari bilan kelib, prezident saylovida ovoz berdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahridagi 520-saylov uchastkasida ovoz berdi. Hukumat rahbari saylov uchastkasiga oilasi bilan tashrif buyurdi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida ovoz berdi.
Oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov onasi bilan birga saylovda ishtirok etdi.
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahridagi saylov uchastkasida ovoz berdi.
Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov saylovda qatnashdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda prezidentlik saylovida ovoz berdi.
Viloyatlarda hokimlar ham o‘z tanlovini amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
13:54
Shavkat Mirziyoyev samolyot halokati yuzasidan Janubiy Koreya prezidentiga hamdardlik bildirdi
13:35 / 28.12.2024
Alisher Qodirov: Rossiya havo hududi xavfsizligi bo‘yicha Transport vazirligiga so‘rov yuboriladi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024