Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tirnoqlar organizmdagi kasalliklarga ishora qiladi
Tirnoqlar insonning jismoniy salomatligiga doir ba'zi muammolarga ishora qilishi mumkin. Tirnoqlar orqali sog‘lig‘ingiz haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, ularning tabiiy rangi va shakliga e'tibor qaratish lozim. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida ma'lum qildi.
Sarg‘ish tirnoqlar inson sog‘lig‘ida muammolar borligidan dalolat beradi. Bunday tirnoqlar o‘pka va jigar kasalliklari, shuningdek qandli diabetga ishora qiladi. Psevdomonad onixiya - Pseudomonas aeruginosa bakteriyasi natijasida yuzaga keladigan kamyob kasallik bo‘lib, suv yoki tuproqda yashaydi. Agar bakteriya tirnoq atrofiga o‘rnashgan bo‘lsa, tirnoq o‘sgach, u yashil-ko‘kish pigment hosil qiladi.
Agar tirnoqlarda qora chiziqlar bo‘lsa, bular odatda melanoma, terining xavfli o‘simtasiga shubha uyg‘otadi. Tirnoqlardagi oq dog‘lar organizmga vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi natijasidir.
Tirnoq plastinasi tuzilishining o‘zgarishiga qarab ham ba'zi belgilarni ilg‘ash mumkin. Tirnoqlardagi mayda chuqurchalar tirnoq psoriazi kabi teri kasalliklarining yuzaga kelishi ehtimolidan darak beradi.
Mavzuga oid
11:18 / 31.12.2025
Profilaktika kuchaytiriladi: yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta aniqlanadi
14:05 / 19.09.2025
Tanada kasalliklar yuzaga kelish ehtimolini avvaldan aniqlovchi sun’iy intellekt modeli ishlab chiqildi
10:38 / 12.08.2025
Tirnoq parvarishi: sog‘lom va mustahkam bo‘lishi uchun 6 oddiy qoida
22:00 / 27.04.2025