Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturada ham bir nechta yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshirish amaliyotini joriy etish taklif qilindi
Magistraturada bir nechta yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshirish amaliyotini joriy etish taklif qilinmoqda
Foto: KUN.UZ
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida magistraturada bir nechta yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshirish amaliyotini joriy etish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda oliy ta'lim muassasalarining bakalavr bosqichiga abituriyentlarning bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirib, tanlovda ishtirok etish tartibi joriy etildi.
“Mazkur tartibni magistratura yo‘nalishlari uchun xam tatbiq etish kerak. Shuningdek, magistraturaga ham hujjatlarni onlayn tarzda topshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish ko‘plab qulayliklarni yaratgan bo‘lar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, magistraturada ham bir nechta yo‘nalish bo‘yicha onlayn tarzda hujjat topshirish amaliyotini joriy etish taklif qilingan.
Mavzuga oid
13:01 / 09.01.2026
Davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025