Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bellingcat: Navalniyning o‘limi bo‘yicha surishtiruv tez orada yakunlanadi
Surishtiruvlar bilan shug‘ullanuvchi jurnalist Xristo Grozev bir oy ichida Aleksey Navalniyning o‘limi tafsilotlari ma’lum bo‘lishini va’da qildi.
Foto: Getty Images
Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning koloniyada o‘limi tafsilotlari bo‘yicha surishtiruv bir oy ichida yakunlanishi kerak, dedi Bellingcat internet portali rahbari, bolgariyalik tadqiqotchi jurnalist Xristo Grozev 1 mart, juma kuni «Dojd» telekanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu safar boshqa ko‘plab surishtiruv faoliyatiga aloqador jurnalistlar Bellingcat bilan Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro jamg‘armasi (FBK) direktorlar kengashi rahbari Mariya Pevchix muvofiqlashtiruvida ishlamoqda. «Biz haqiqatni aniq bilib olamiz va bu avvalgidek uzoq davom etmaydi», deb ishontirdi Grozev.
U Rossiya maxsus xizmatlari surishtiruv uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yo‘q qilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida surishtiruv guruhi hozir tekshirayotgan aniq versiyalarni aytmadi, biroq Navalniy yana zaharlangan bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.
Grozev, shuningdek, Navalniy vafot etgan paytda Rossiya, AQSh va Germaniya o‘rtasida siyosatchini sobiq chechen dala qo‘mondoni Zelimxon Xanqoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib, Germaniyada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik razvedka xodimi Vadim Krasikovga almashtirish bo‘yicha norasmiy muzokaralar olib borilganini tasdiqladi. Grozevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati bu taklifdan xabardor bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:35 / 17.02.2026
Kreml Navalniyning zaharlanishi haqidagi ayblovlarni “qat’iy” rad etdi
11:54 / 17.02.2026
15 davlat Navalniyning o‘limini tergov qilishni talab etmoqda
11:04 / 16.02.2026
AQSh Navalniy epibatidin bilan zaharlanganiga shubha qilmayapti
09:17 / 16.02.2026