Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar belgilandi
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2021 yilda qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo‘nalishida:
shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta'minotidan kelib chiqib, respublika barcha tumanlari hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;
2021 yil 1 apreldan boshlab tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va 7 yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
kooperatsiya shartlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga beriladi.
Qulay agrobiznes muhiti va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish yo‘nalishida quyidagilarni amalga oshirish huquqi beriladi:
bir tumanda uchtagacha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritish;
fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalari tuzish.
Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida 2021 yildan boshlab yer bozor qiymatini baholash hamda keyinchalik undan garov ta'minoti sifatida foydalanish amaliyoti tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlari prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish yo‘nalishida:
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilish uchun ajratiladigan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
a) foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya taqdim etiladi:
milliy valutada kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi;
xorijiy valutada kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasi 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi;
b) kredit summasining 50 foizigacha miqdorida kafillik taqdim etiladi:
- 2021 yil 31 dekabrga qadar mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklaridan sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sotib olingan urug‘ va ko‘chatlar qiymatining 20 foizigacha davlat budjetidan qoplab beriladi;
- limon yetishtiriladigan issiqxonalar barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish tizimi xarid qilish xarajatlari bir qismini davlat budjetidan qoplash tartibi joriy etiladi;
- viruslardan xoli, yuqori hosilli sertifikatlangan urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish va yetkazib berish tizimi samarali yo‘lga qo‘yiladi;
- 2021 yil 1 martdan boshlab «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davr esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i statistikasi shaffof mexanizmini yaratish yo‘nalishida:
yerdan foydalanuvchilar reyestri bo‘yicha 3 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlar monitoringi yo‘lga qo‘yiladi;
5 turdagi asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, moyli ekin) ekilishi kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi;
«ArcGIS» dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishi ta'minlanadi.
Hujjat bilan tajriba-sinov tariqasida 2021 yil yakuniga qadar faoliyat yuritadigan Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish respublika kengashi tarkibi tasdiqlandi va vazifalari belgilandi.
Mavzuga oid
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:47 / 31.12.2025
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
11:18 / 31.12.2025