Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho beriladi” – Senat paxta terimiga majburlash holatlariga munosabat bildirdi
Paxta terimiga majburlash holatlari Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olingan. Fuqarolardan bunday holatlarda 1282 yoki 1092 qisqa raqamlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.
Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda paxta yig‘im-terimiga chiqmagan fuqarolarga nafaqa puli to‘lanmasligi hamda maktab o‘qituvchilarining paxta yig‘im-terimi ishlariga odam chiqarishga majburlash bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Senat ushbu holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, tarqalgan xabarlardagi holatlar Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olingan.
“Mazkur holatlar zudlik bilan o‘rganiladi hamda mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Shu kabi holatlar aniqlangan taqdirda 1282 yoki 1092 qisqa raqamlariga yoki @munosibmehnat_bot telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi Senat munosabatida.
Avvalroq X tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri pedagoglarga (qayerda, qaysi maktabda ekani ochiqlanmagan) paxta terimi uchun har kuni 2 kishidan odam topib berish majburiyati qo‘yilayotganini ma’lum qilgandi. Tarmoq foydalanuvchilari izohlarda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida o‘qituvchilar shunday vazifasidan tashqari ishga jalb qilinayotganini yozgan.
Rost24 nashri esa Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi mahallalardan birining raisi ekani aytilgan shaxsning audiosini tarqatdi. Audiodagi ovoz egasi “hurmatli qishloqdoshlari”ga murojaat qilib, hammadan “to‘g‘ri tushungan holda paxtaga chiqishi”ni talab qilgan. Chiqmaganlarga esa “bola puli” berish to‘xtatilishiga shama qilingan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday shakliga qat’iy qarshi ekani, o‘qituvchilarning paxta terimiga jalb etilishini noqonuniy holat deb hisoblashini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
22:14 / 31.01.2026
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha majburiy topshiriq bergan hokimliklar ogohlantirildi
17:52 / 13.01.2026