Texnologiya | 16:13 / 01.09.2016
4819
1 daqiqa o‘qiladi

Mazda 2 milliondan ortiq avtomobilini kuzovlardagi nuqson tufayli ortga chaqiradi

Yaponiyaning Mazda avtomobilsozlik kompaniyasi 2 milliondan ortiq avtomobilini kuzovning orqa qismidagi nuqson tufayli ortga chaqirib oladi. Bu haqda Frans-Press agentligi kompaniya matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar bergan.

Ekspertlarning bildirgan taxminlariga ko‘ra, gap avtomobillarning orqa eshiklari yaxshi bo‘yalmagani haqida ketmoqda. Bu kamchilik keyinchalik yemirilishga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Yaponiyada sotilgan 400 ming avtomobil hamda eksportga chiqarilgan 1,8 mln avtomobil kamchilikni tuzatish uchun chaqirib olinmoqda. Bunday avtomobillar sirasiga CX-3 va CX-5 krossevorlari ham kirgan.

Mavzuga oid