Jahon | 14:55 / 01.02.2017
19727
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston qishning qattiq kelishi sababli xalqaro yordam so‘radi

Tojikiston tashqi ishlar vazirligi respublikadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda xorijiy hamkorlar yordam berishidan umid qilishini bildirdi. Respublika TIV bayonotida ta'kidlanishicha, mamlakatdagi 2016-17 yilgi kuz-qish mavsumi ob-havosi sharoiti anomal bo‘lgan. 

"Bu davr mobaynida, Tojikistonning tog‘li tumanlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishida me'yordagidan 140-170 foiz ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lgan. Odatda, bunday meteorologik va gidrologik holatdan so‘ng, suv bilan bog‘liq tabiiy ofatlar kuzatiladi. Bugungi kunda Tojikistondagi qor zaxiralari 168 foizni, xususan, Zarafshon daryosi havzasida 322 foizni, Vaxshda 148 va Panj daryosi havzasida 156 foizni tashkil etmoqda", - deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, tog‘li tumanlardagi ko‘plab avtoyo‘llar va aholi punktlari ko‘chki, suv toshqinlari kabi turli xil tabiiy ofatlar xavfi ostida qoladi. Mamlakat Gidrometeomarkazi taxminiga ko‘ra, fevral oyida ham me'yordan ortiq yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilayapti. Bu esa, kuz-qish mavsumi davomida tabiiy ofatlar ro‘y berishi ehtimolini kuchaytiradi. 

Tojikistonning sharqiy va shimoliy hududlarida sodir bo‘lgan ko‘chkilar oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va infratuzilmalarga sezilarli zarar yetgani xabar qilinmoqda. O‘nlab aholi punktlariga borib bo‘lmaydi. 

Mavzuga oid