O‘zbekiston | 09:14 / 02.05.2019
15612
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat Bojxona institutiga qabul tartibini tasdiqladi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya” yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 

dastlabki tanlov; 

maxsus kasbiy tanlov; 

test sinovlari. 

Arizalar 1 yanvardan 1 aprelgacha qabul qilinadi.
 
Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: 

hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; 

yakka tartibda suhbatlashish; 

individual-psixologik o‘rganish; 

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; 

tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. 

Maxsus kasbiy tanlov 25 iyungacha quyidagilar doirasida o‘tkaziladi: 

psixofiziologik o‘rganish; 

tibbiy ko‘rik; 

yozma ish (diktant); 

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha baholash; 

yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
 
Test sinovlari 5 iyulgacha o‘tkaziladi.  

Mavzuga oid