O‘zbekiston | 15:56 / 10.10.2024
3153
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Eron o‘yini sababli «Bunyodkor» stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Eron uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.

10 oktyabr kuni O‘zbekiston va Eron o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ba’zi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar qildi.

Ko‘cha va chorrahalar:

  • Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Cheklov soat 16:00 dan soat 22:00 gacha davom etadi.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», — deyiladi YHXB xabarida.

Bundan avvalroq Toshkent shahri IIBB futbol muxlislarini «Bunyodkor» stadionida bo‘ladigan uchrashuviga ertaroq kelish va jamoat tartibini saqlashga chaqirgandi. O‘FA muxlislarga maydonga tushish qat’iyan man etilganini eslatgan.

Mavzuga oid