Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning «huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitishning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipial ahamiyatga ega ekani» alohida ta’kidlandi.
Foto: TIV
26 yanvar kuni Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir dolzarb masalalarni batafsil muhokama qildi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni migratsiya tekshiruvlari va reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan jarayonda O‘zbekiston fuqarolarining (ham qonunga rioya qilayotgan, ham migratsiya qonunini buzgan fuqarolarning) huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitishning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipial ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Muhokamalarda O‘zbekiston tomonidan Rossiya hududlarida faoliyat yuritayotgan bosh konsullari ishtirok etdi. Rossiya tomonidan esa diplomatik vakolatxonaning konsullik bo‘limi rahbariyati, migratsiya masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari qatnashdi.
Qayd qilinishicha, uchrashuv tomonlarning migratsiya jarayonlarini tartibga solish, shuningdek Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan «pragmatik va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotni rivojlantirishga intilishini» tasdiqladi.
Mavzuga oid
16:17 / 31.01.2026
Rossiya Trampning iltimosiga qaramay Ukrainaga yana zarba berdi
14:27 / 31.01.2026
Kanada Rossiya hududida vizalar berishni to‘xtatdi
14:26 / 31.01.2026
Sirdaryoda pul uchun Rossiya armiyasiga yollangan 60 yoshli shaxs 5 yilga qamaldi
14:09 / 31.01.2026