Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
Foto: Flickr
Hukumatning 2018 yil 22 oktabrdagi qarori bilan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga quyidagi faoliyat turlari qo‘shildi:
- ko‘chmas savdo obektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni tamom bo‘lganidan keyin obektni demontaj qilinishi va ko‘chirilishini talab etuvchi obektlarda);
- duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari bo‘yicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish);
- metallni ta'mirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni ta'mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta'mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy ta'mirlash);
- yog‘och me'morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar);
- gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga, shu jumladan, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq endi tadbirkorlarni homiylikka majburiy jalb etganlar uch yildan besh yilgacha qamalishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025