Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1154 nafar shtat birligiga qisqartiriladi
Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni kamaytirish vazirligi tarkibida yashirin iqtisodiyotni tahlil qilish boshqarmasi shakllantiriladi, uning asosiy vazifasi etib yashirin iqtisodiyot darajasi yuqori bo‘lgan sohalarini tahlil qilish va aniqlash belgilanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida Soliq nazorati departamenti shakllantiriladi va uning asosiy vazifalari etib yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan firibgarlik sxemalarini aniqlash va agressiv soliq rejalashtirishga qarshi kurashish belgilanadi.
2021 yil 1 iyuldan boshlab asosiy vazifalari soliq huquqbuzarliklarining oldini olish va aniqlash, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini shakllantirishda kontragentlar o‘rtasida hisob-kitoblarni tahlil qilishdan iborat bo‘lgan maxsus tarkibiy bo‘linma shakllantiriladi.
Moliya vazirligida yashirin iqtisodiyotni kamaytirish bo‘yicha ishni tashkil etish bo‘limi shakllantiriladi.
2020 yil 1 noyabrdan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1154 nafar shtat birligiga, ya'ni 10 foizga qisqartiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10512 shtat birligi miqdorida, shu jumladan, Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatida 498 shtat birligi miqdorida belgilanadi.
Mavzuga oid
22:24 / 12.02.2026
Prezident huzurida Andijon viloyatidagi islohotlar natijasi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
21:34 / 10.02.2026
Xitoyning cho‘llanishga qarshi kurash tajribasi Navoiyda qo‘llanadi
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
13:55 / 29.01.2026