Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Moliyaning avvalgi rahbarlari qog‘ozboz edi». Farg‘onadagi videoselektordan yangi video paydo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iyun oyida Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan yig‘ilishiga oid navbatdagi batafsil video tarqaldi.
Prezident majlis davomida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, soliqchilar, prokurorlar va boshqa rahbar xodimlarni birma-bir tergagan va tanqid qilgan.
35 daqiqadan ko‘proq vaqt davom etgan yangi videoda Shavkat Mirziyoyev, ayniqsa, moliya tizimi vakillarini ayovsiz tanqid qilayotganini ko‘rish mumkin. Prezident Rishton tumani hokimining birinchi o‘rinbosariga yuzlanadi.
«Bosh vazirning o‘rinbosarini, sizning rahbaringizni almashtirdim. Chunki uning oyog‘i yerdan uzilgandi, odamlar bilan ishlashga toqati yo‘q edi. Faqat qog‘oz bo‘lsa, oliyjanob gaplar bo‘lsa. Shuning uchun iqtisod o‘ldi.
Sakkiz foizmish. Sakkiz foizlik o‘sish bo‘lgan davlatda tuberkulyoz bo‘lmaydi. Tuberkulyoz - ovqat yemagandan bo‘ladigan kasallik», degan prezident.
Prezident yig‘ilish davomida tuman hokimi o‘rinbosari Anvarjon Xoliqovni ishdan bo‘shatgan.
Hamsuhbatidan oldin qaysi ishda ishlaganini so‘rab, u Moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lganini bilgach, prezident uni iste'foga chiqarishini aytadi.
«Moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lsang, kasalsan. Moliyaning avvalgi rahbarlari hammasi kasal bo‘lgan. Faqat balandparvoz gaplar. Men bugun seni ishdan olaman, boshqalarga ibrat bo‘lsin. Bunday balandparvoz gapiruvchilar bilan ishlashga toqatim yo‘q. Prezident bilan uchrashuvga nega tayyorgarlik qilmagansan, nega aniq rejalaring yo‘q. Faqat umumiy gaplar.
Bu "detsad" emas, davlat bu. Qo‘lidan kelmaydiganlar joyini bo‘shatib qo‘ysin», degan prezident.
Shundan so‘ng, prezident viloyatdagi barcha tumanlarning rahbar vakillari bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga hisobot berishi kerakligini, yo‘qsa ular ham ishdan ketishidan ogohlantirgan.
O‘tgan oyda ushbu yig‘ilishdan 10 daqiqalik video ham tarqalgan, unda prezident soliqchilarni qattiq tanqid qilayotgani tasvirlangandi.
Mavzuga oid
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
14:35 / 05.02.2026
Farg‘ona va Quvasoyda 175 mln dollarlik agrologistika markazlari quriladi
14:02 / 05.02.2026
Farg‘onada 4,2 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushiriladi
18:19 / 04.02.2026