Ijtimoiy tarmoqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning iyun oyida Farğona viloyatiga amalga oşirgan taşrifi çoğida ötkazilgan yiğilişda soliqçilarni tanqid qilişi tasvirlangan video tarqaldi.

Prezident soliq organlari faoliyatini keskin tanqid qiladi, soha xodimlari orasida öz kasbiga noloyiqlar borligini aytadi.

U soliqçilar mas'uliyatsizligi, fidoiylik qilmasligi haqida sözlaydi.

«Qani byudjyetning puli? Hammasi çöntakka ketyapti. 3 yil ham işlamasdan, 4 qavatli uy qurasan hammang, 20ta maşina olasan. Qayerdan bular? Oylikdan olasanmi? Sal insofli böl! Öğri böl, insofli böl».

Prezident qölida barça ma'lumotlar mavjudligini aytadi. 

«Odamlarni işdan olamiz. Bunday odamlar bilan işlay olmaymiz. Ötgan kunlar ötdi. Endi adolatli bölib işlaş kerak. Mehnat, sadoqat, adolat va yana adolat. Poraxörlik qilinmasayam, xalq boqadi.  

Kerak bölsa, yuz foiz işdan olamiz. Menga tajribasi kerak emas. Yoş bölsa ham, özini fido qiladigan, sadoqat bilan işlaydigan odam kerak. Tajribani özim örgataman. Menga sadoqat kerak. Tamom! Özini qiynaydigan, Farğonani yaxşi köradigan odam kerak», degan prezident.