Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Svetoforlar avtomatik ravishda boshqariladi
Foto: Driver.uz
Tez orada Toshkent shahridagi chorrahalarda svetoforlarni avtomatik ravishda boshqarish tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Respublika IIV YXXBB polkovnigi X.Saydaliyev Xalqaro press-klub tashkil etgan brifing chog‘ida ma'lum qildi.
Shu paytgacha kameralar qizil chiroq va tezlikni qayd etayotgandi. Endilikda svetoforlar mashinalar oqimiga qarab, ma'lum bir yo‘nalishda ko‘proq ruxsat bera boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15 martidan poytaxtning 115 chorrahasida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi videokameralar tizimi ishga tushdi.
Qayd etish kerakki, Toshkentda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd qilish videotizimining ishga tushishi poytaxtning markaziy qismida tiqilinchlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgandi.
Haydovchilar shahar ichida o‘rtacha tezlikni pasaytirishdi, svetoforning sariq va qizil chiroqlarida to‘xtaydigan bo‘lishdi, bu albatta harakatlanish tezligini susaytirdi.
Mavzuga oid
14:47 / 05.12.2025
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
13:37 / 06.10.2025
Toshkentda Maxtumquli ko‘chasining bir qismi qariyb bir oyga yopildi
12:19 / 25.11.2024
«Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz» - Shavkat Mirziyoyev
11:00 / 26.09.2024