Sport | 12:21 / 06.06.2016
15170
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada O‘zbekiston termasi bilan o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvini translyatsiya qiladi

Kanada 7 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya amalga oshiradi. Bu haqda Kanada futbol assotsiatsiyasining sahifasida ma'lum qilindi.

O‘rtoqlik o‘yini soat 16:00da ( Toshkent vaqti bilan 19:00da) Avstriyaning Bad-Valtersdorf shahrida o‘tkaziladi. Translyatsiyani canadasoccer.com sayti orqali kuzatib borish mumkin.

Kanada va O‘zbekiston terma jamosi shu vaqtgacha biror marta ham uchrashmagan.

FIFAning 2016 yil, iyun oyidagi reytingida Kanada 93, O‘zbekiston esa 66-o‘rinni band etgan.