Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiyada hammasi yaxshi bo‘ladi
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Rossiyada millionlab iste'dodli va mehnatsevar insonlar tufayli hammasi yaxshi bo‘ladi. U bu haqda Kremlda 2017 yilda turli sohalarda erishilgan muvaffaqiyatlar uchun davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.
«Bugun bayram, Rossiya kuni, hamda har birimiz, albatta, mamlakatimiz kelajagi, Rossiya kelajagi haqida o‘ylamoqdamiz. Bu kelajak, oldindagi ishlar poydevori esa, albatta, bugun iste'dodli, ajoyib, mehnatsevar odamlar tomonidan yaratilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tgan u.
Putinning qayd etishicha, Rossiyada bunday insonlar «minglab, millionlabdir».
«Bugun bu yerda jamlangan «me'morlarni» ko‘rib, kelajagimiz ishonchli qo‘llarda ekanini bilmoqdamiz. Hammasi yaxshi bo‘ladi!» - deya xulosa qilgan Rossiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Avstriya kansleriga iltimos bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:51
Razvedka: 1000 nafardan ortiq keniyalik Rossiya tomonidan urushga yollangan
13:38
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
10:48
Urushga qarshi varaqalar sabab hukm qilingan shaxs infarktdan keyin vafot etdi
09:55