Jahon | 20:29 / 14.07.2018
18466
2 daqiqa o‘qiladi

Uchuvchilar guruhi Fransiya bayrog‘i ranglarini adashtirib qo‘yishdi

Foto: AP

Patrouille de France fransuz pilotaj guruhi a'zolari Fransiyada Bastiliya olinishi kuni nishonlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda milliy bayroq ranglari ketma-ketligini adashtirib qo‘yishdi. Le Dauphine Libere nashrining ma'lum qilishicha, uchuvchilar Parij osmonida qizil-ko‘k-oq-qizil bayroq hosil qilishgan.

9 ta samolyot shahar uzra uchib, bayroqdagi uchta rang: ko‘k, oq, qizil rangdagi tutun chiqarishi kerak edi. Biroq ko‘k tutun chiqarishi kerak bo‘lgan samolyotlardan biri qizil rang chiqarib yuborgan.

Bu paradda yuz bergan yagona ko‘ngilsiz hodisa bo‘lmadi. Motosiklchilar o‘tishi vaqtida ulardan ikkitasi tomoshabinlar, jumladan prezident Emmanuel Makron o‘tirgan tribuna yaqinida bir-birlari bilan kichik tezlikda to‘qnashib ketishgan. Aytish joizki, mototsiklchilarga hech narsa qilmagan va ular tez orada safga qo‘shilishgan. 

Bastiliya olinishi kuni fransuz milliy bayrami bo‘lib, 1880 yildan beri nishonlanib kelinadi. Bayram an'anaviy ravishda Parijdagi Yelsiy maydonlarida o‘tadi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

 

Mavzuga oid