Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Leapmotor” sinovi xitoylik mutaxassislar ishtirokida qayta o‘tkaziladi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi hozirda “Leapmotor” korxonasiga qo‘yilgan cheklov yuzasidan muzokaralar davom etayotganini bildirdi. Yaqin kunlarda Xitoy kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda “Leapmotor” brendiga tegishli yengil avtomobillar importiga qo‘yilgan cheklov qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Kun.uz’ga Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Inspeksiyaga ko‘ra, “Leapmotor” korxonasiga qo‘yilgan cheklov yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda ushbu kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ular ishtirokida mahsulot sinovi qayta o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda Xitoyning “Leapmotor” brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlash uchun arizalar qabuli to‘xtatilgani xabar qilingandi. Bunga shu brendga tegishli S16 avtomobilida aniqlangan kamchilik sabab sifatida keltirilgan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining mazkur transport vositasida hosil bo‘ladigan elektromagnit shovqin darajasi ruxsat etilgan chegaradan 16 barobar yuqori ekanini ma’lum qilgan.
Jamoatchilik vakillari bu harakatni mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun bozorni tozalashga urinish deb baholamoqda.
Mavzuga oid
11:09 / 26.11.2025
O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun tovar olib kirishdagi limitlar qayta ko‘rib chiqiladi
14:33 / 24.11.2025
“10 oyda 15,5 trln so‘mlik utilizatsiya yig‘imi to‘lanmagan” – Otabek Bakirov
11:54 / 08.10.2025
Piskent poligonining yopilishi fonida O‘zbekistonga avtomobil importi keskin oshdi
14:17 / 07.10.2025