O‘zbekiston | 23:00 / 17.07.2017
26576
3 daqiqa o‘qiladi

Peterburgdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Xorazmga olib kelindi

13 iyul kuni Rossiyaning Kolpino shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yetti nafar o‘zbekistonlikning jasadlari Sankt-Peterburg hokimiyati idoralari hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi ko‘magida 2017 yilning 17 iyul kuni Urganch shahriga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi bergan ma'lumotga asoslanib, O‘zbekiston TIV rasmiy sayti xabar tarqatdi.

«Jasadlarning shaxsini tasdiqlash, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari yakuniga yetdi va tergov organlaridan jasadlarni transportirovka qilishga ruxsat olindi.

Hozirgi vaqtda yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.

13 iyulga o‘tar kechasi Leningrad viloyatining Kolpino shahridagi angarda yuzaga kelgan yong‘inda 7 kishi halok bo‘ldi. Yong‘in qoldiqlarini ajratish paytida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolari deb taxmin qilingan 7 ta jasad topildi. Ko‘p o‘tmasdan marhumlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani tasdiqlandi.

Ularning ism-shariflari TIV saytida e'lon qilindi:

  • Xusinov Ro‘zmat Qurbonboyevich, 1967 yil 1 yanvarda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;
  • Xusinov Siroj Ro‘zmatovich, 1991 yil 16 oktabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;
  • Otaniyozov Zoir Aminovich, 1973 yil 2 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;
  • Boyjanov Ilyos Qadamboyevich, 1988 yil 10 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;
  • Sultonov Yunus Kuranboyevich, 1981 yil 21 aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi;
  • Atakov O‘tkirbek O‘ktamboyevich, 1989 yil 19 aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Gulobod» QFYda ro‘yxatda turadi;
  • Quramboyev Shoxzod Xushnudbek o‘g‘li, 1997 yil 3 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Tagan» QFYda ro‘yxatda turadi.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid