O‘zbekiston | 12:01 / 12.02.2026
11421
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiyada ham bir guruh mulozimlar pensiyaga kuzatildi

Huquq-tartibot organlari, xususan Milliy gvardiyada uzoq yillar rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan ofitserlardan bir guruhi tantanali tarzda pensiyaga kuzatildi. Avvalroq prezident topshirig‘idan keyin prokuratura va bojxona tizimlarida ham bir qancha mulozimlar nafaqaga chiqarilgandi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Huquqni muhofaza qilish organlarida va Milliy gvardiya tizimida uzoq yillar davomida turli rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan bir guruh ofitserlar iste’foga kuzatildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda polkovnik Ilhom Turg‘unov, polkovnik Zokirali Chinaliyev, polkovnik Xondamir Rahmonov va polkovnik Serik Xabibullayevning uzoq yillik xizmatlari e’tirof etildi, ularning faoliyati yosh avlod uchun ibrat ekani ta’kidlandi, deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida.

Ularga Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan “Milliy gvardiya faxriysi” ko‘krak belgisi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 27 yanvar kungi selektorda huquq-tartibot sohasiga yosh va talabchan rahbarlar kerakligini aytgan edi. Shundan keyin prokuratura va bojxona tizimlarida ham qator mulozimlar pensiyaga kuzatilgandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев

Mavzuga oid