Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelajak ko‘nikmalari: IB dasturi bolalarga soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirishda qanday yordam beradi?
Har bir ota-ona farzandining o‘ziga ishongan, mustaqil va baxtli bo‘lib ulg‘ayishini orzu qiladi. Biroq bunga qoidalar va formulalarni o‘rganishning o‘zi yetarli emas: zamonaviy dunyo bolalardan kelishish, savollar berish, yechimlar topish va o‘z fikrlarini ishonch bilan ifoda etish qobiliyatini talab qiladi. Bu fazilatlar soft skills deb ataladi va aynan ular bolaning kelajakdagi muvaffaqiyatining poydevori hisoblanadi.
Foto: Invento
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, soft skills nafaqat karera, balki uyg‘un hayot uchun ham muhimdir. Hamkorlik qilish, moslashuvchan va tanqidiy fikrlash qobiliyati nafaqat kasbiy o‘sishga, balki sog‘lom munosabatlar o‘rnatishga, o‘zgarishlarga moslashishga va jamiyatda o‘zini ishonchli his qilishga yordam beradi. Shu sababli zamonaviy maktabning vazifasi bolaga nafaqat maxsus bilimlarni, balki muvaffaqiyatli kelajak uchun tayanch bo‘ladigan shaxsiy fazilatlarni ham berishdir.
Xalqaro Bakalavriat (International Baccalaureate yoki IB) tizimi aynan shu tamoyil asosida qurilgan bo‘lib, unda moslashuvchan ko‘nikmalarni rivojlantirish fakultativ emas, balki dasturning ajralmas qismidir.
Bu jarayon IB dasturida qanday amalga oshiriladi?
Xalqaro Bakalavriat (IB) 160 dan ortiq mamlakatda faoliyat yurituvchi nufuzli ta’lim tizimidir. Dastur dunyoning 5 900 ta maktabida amalga oshiriladi va IB diplomi yetakchi universitetlar, jumladan, Garvard, Oksford va boshqa nufuzli oliy o‘quv yurtlari tomonidan tan olinadi.
IB tizimida o‘qitish tadqiqot yondashuviga asoslanadi: bolalar tayyor javoblar bilan cheklanmaydi, balki savollar berish, ma’lumot izlash, tahlil qilish va o‘z xulosalarini chiqarishga o‘rgatiladi. IB dasturi e’tibor qaratadigan ba’zi yumshoq ko‘nikmalarni ko‘rib chiqamiz.

Kommunikatsiya
Bolalar o‘z fikrlarini aniq ifodalashni, boshqalarni tinglashni, hurmat bilan bahslashishni va ishonch bilan o‘z fikrlarni ifoda eta olishni o‘rganadilar. Loyihalar, taqdimotlar, muhokamalar muloqot va dalillash ko‘nikmalarining kundalik mashg‘ulotiga aylanadi.

Jamoaviy ish
IB tizimida juftlik va jamoaviy topshiriq va loyihalar ko‘p. O‘quvchilar rollarni taqsimlaydilar, kelishib oladilar, masalalarni birgalikda yechadilar. Bu haqiqiy hamkorlik maktabi bo‘lib, unda boshqalarni tinglash ham, mas’uliyatni o‘z zimmaga olish ham muhimdir.

Tanqidiy fikrlash
Tanqidiy fikrlash – bu kelajakning asosiy ko‘nikmalaridan biridir. IBʼda u loyihalar va tadqiqotlar orqali rivojlantiriladi: bola manbalarni tahlil qilishni, asosiy narsani ajratib ko‘rsatishni, ziddiyatlarni ko‘rishni va dalillar keltirishni o‘rganadi. Yuqori sinflarda har bir o‘quvchi majburiy Extended Essay (Kengaytirilgan insho) tadqiqot loyihasini bajaradi, unda mavzuni o‘zi tanlaydi, o‘rganadi va komissiya oldida himoya qiladi. Bu har qanday kasb va hayotiy vaziyatda foydali bo‘lgan ko‘p qirrali tafakkurni shakllantiradi.

Invento the Uzbek International School – Xalqaro Bakalavriatning barcha dasturlari bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan O‘zbekistonning yetakchi IB-maktabi – soft skills tabiiy ravishda tadqiqot amaliyoti, loyiha faoliyati va refleksiya orqali rivojlanadigan muhitni yaratadi. Ota-onalar IB bolalarga fikrlash, hamkorlik qilish, moslashish va ko‘p qirrali, ongli kelajakka ishonch bilan intilishda qanday yordam berishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari uchun ekskursiyalarga taklif etiladi.
📞 Telefon: (+998) 71−210−99−99
E-mail | Veb-sayt | Instagram | Facebook | Telegram
Reklama huquqi asosida