Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokzorlar xavf ostidami: “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi internet saytlarda e'lon qilingan maqolalarga raddiya berdi
Joriy yilning oktabr oyida O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi qator internet saytlarda Yevropa davlatlaridagi toklarda mavjud bo‘lgan filloksera zararkunandasi O‘zbekistondagi tokzorlarni qirib yuborish ehtimoli katta ekanligi bois tok novdalarini olib kelmaslikni tavsiya qilingani haqida so‘z yuritilgan maqolalar e'lon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Axborot xizmati mazkur maqolalarga raddiya e'lon qildi.
“Joriy yil oktabr oyining ikkinchi haftasida bir necha internet manbaalarida e'lon qilingan O‘zbekiston tokzorlari xavf ostidaligi haqidagi maqolalar asossizdir. Yevropa davlatlaridan uzum ko‘chatlarini keltirish masalasi yuzasidan esa hozirda soha mutaxassislari va ilmiy markazlar vakillari jalb qilingan holda masalani har tomonlama o‘rganish jarayoni davom etmoqda”, deyiladi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Axborot xizmatining KUN.UZ’ga taqdim etilgan ma'lumotida.
Ma'lumot uchun: Joriy yilning 9 iyul kuni "O‘simliklar karantini to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlangan edi.
Mavzuga oid
14:48 / 23.07.2021
O‘zbekistondan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan taqiq yuzasidan «Rosselxoznadzor» bilan muzokara o‘tkazildi
13:12 / 17.06.2021
Turkiyadan pomidor va qalampir urug‘lari importiga talablar kuchaytirildi
20:14 / 28.04.2021
Import-eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simliklarning laboratoriya ekspertizasi pulli bo‘ldi
18:49 / 27.01.2021