Jamiyat | 17:12 / 01.08.2017
8073
3 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan 2 shaxs Rossiyaga ishlash uchun ketgan fuqaroning uyini obdon tunadi 

Buxoro shahar IIBga, Registon ko‘chasi 22-uyda yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan uy bekasi N.To‘rayeva ariza orqali murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Buxoro IIB.

Uning arizasida ma'lum qilishicha, 2015 yil iyul oyidan 2017 yil iyul oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar uning uyiga bir necha marotaba g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan bahosi 1.644.000 so‘mlik 4 dona oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish uchun mo‘ljallangan elektr pech, bahosi 959.000 so‘m bo‘lgan 3 dona oziq ovqatlarni isitib berish uchun mo‘ljallangan mikroto‘lqinli isitish moslamasi, bahosi 548.000 so‘m bo‘lgan 3 dona go‘sht o‘tkazgich, bahosi 411.000 so‘mlik 2 dona raqamli fotoapparat, bahosi 822.000 so‘mlik 2 dona “SONY” nomli “PLAYSTATION” o‘yin apparati, bahosi 2.055.000 so‘mlik 2 dona qo‘l noutbuk kompyuteri, bahosi 1.233.000 so‘mlik 1 dona «Samsung» rusumli qo‘l telefoni, bahosi 822.000 so‘mlik bo‘lgan 1 dona ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan elektr moslamali qozon, bahosi 100.000 so‘m bo‘lgan 1 dona “Magniy” nomli changyutgich, bahosi 274.000 so‘mlik 3 dona “TeFAL” suv qaynatish uchun mo‘ljallangan elektron moslama, bahosi 1.700.000 so‘mlik bo‘lgan 1 juft “Baldoq” nomli ayollar tilla sirg‘asi, bahosi 1800.000 so‘mlik 1 komplekt oq sarg‘ich toshlaridan iborat ayollar sirg‘asi va uzugi, bahosi 2.300.000 so‘mlik tilla zanjir va qo‘lga taqiladigan taqinchoq, bahosi 600.000 so‘mlik 2 juft «ventilyator» nomli ayollar sirg‘asi, bahosi 600.000 so‘mlik 3 dona ayollar tilla uzuklarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, unga jami 29. 450.000 so‘mlik miqdorda moddiy zarar yetkazganligini bildirgan.

Fuqaro N.To‘xtayeva 2015 yilning iyul oyidan 2017 yilning iyul oyiga qadar ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surushtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar, Registon ko‘chasi 13 uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1970 yilda tug‘ilgan Bafo Ivanenko va Buxoro shahar, Registon ko‘chasi 22-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1973 yilda tug‘ilgan Baxtiyor Nasimovlar sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ivanenko va Nasimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid