Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bino madaniy meros obekti ekanini qanday aniqlash mumkin?
Madaniy meros obektlari jamoatchilikdan berkitilmaydi. Hozir 8209ta obekt madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan va obektning bu ro‘yxatga kirish-kirmasligini bir necha usul bilan tekshirish mumkin.
Foto: Kun.uz
AOKAda o‘tkazilgan Madaniy meros agentligi matbuot anjumanida madaniy meros obektlari ro‘yxatini hamma uchun ochiq platformaga joylash yoki ularni elektron katalogga o‘tkazish masalasi ko‘tarildi.
Agentlik direktori Shahriyor Nurulloyevning javob berishicha, madaniy meros obektlari jamoatchilikdan berkitilmaydi. Obektning madaniy merosga kirish-kirmasligini bir necha usul bilan tekshirish imkoni bor.
“Lex.uz portalida Vazirlar Mahkamasining 2019 yilda chiqqan 846 qarori bor. Unda 8209ta obekt manzili bilan nomma-nom, tumanma-tuman hammasi yozib chiqilgan. Arxeologik bo‘lsa, arxeologik obekt, arxitektura bo‘lsa, arxitektura obekti deyilgan. Shu yerdan ham obektlarni tekshirsa bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday obektlar rasmlari bilan portalimizda ham bor edi. Texnik sabablarga ko‘ra, hozir ish to‘xtab qoldi”, – dedi agentlik rahbari.
Shuningdek, Nurulloyevga ko‘ra, madaniymeros.uz saytidan ham muhofazadagi obektlar bilan tanishish mumkin. U yerda har bir obekt ilmiy eksport kengashi xulosasi bayoni bilan raqamlashtirilgan holda joylashtirilgan.
“Ba’zi tashkilotlar, – deydi agentlik rahbari, – madaniy meros obekti hisoblangan binoni e’tibor bermay auksionga qo‘ygan yoki boshqa holatlari uchun biz javob berolmaymiz. Lekin aniqlasak, chora ko‘ramiz”.
Mavzuga oid
17:20 / 15.07.2024
Samarqandda madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritilgan uyini buzgan fuqaro jinoiy javobgarlikka tortildi
12:11 / 14.06.2023
Qashqadaryoda elektriklar madaniy meros obektiga 93 mln so‘mlik zarar yetkazdi
17:18 / 02.06.2022
Madaniy meros agentligiga prokuror rahbar bo‘ldi
14:36 / 29.05.2022