O‘zbekiston | 14:38 / 28.08.2025
3658
1 daqiqa o‘qiladi

Uzcard to‘lov tizimida uzilishlar kuzatilmoqda

Nosozliklar qamrovi mobil ilovalar orqali to‘lovlar va o‘tkazmalar, bankomatlar va terminallar orqali amaliyotlar, xalqaro bank kartalari va chet elda kobeyjing kartalarini ishlatishni qamrab olgan. Shuningdek, Uzcard rasmiy sayti ham ishlamayapti. Kompaniya nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Uzcard

Uzcard kartalari bilan bog‘liq amaliyotlarda nosozliklar kuzatila boshladi. Shuningdek, Uzcard.uz saytiga ham kirib bo‘lmay qoldi.

Kompaniya bu holatni “rejadan tashqari profilaktika ishlari” bilan izohladi.

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ xabariga ko‘ra, vaqtinchalik nosozliklar quyidagilarga taalluqli:

  • bankomatlar (ATM);
  • E-POS va POS terminallar;
  • xalqaro bank kartalari
  • xorijda kobeyjing kartalari.

Yuqoridagilardan tashqari, mobil ilovalar orqali to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda ham muammolar kuzatilmoqda, ammo bu haqda rasmiy bayonotda ma’lumot berilmagan.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va ma’lum qilamizki, mutaxassislarimiz nosozliklarni bartaraf etish va tizimning barqaror ishlashini tiklash uchun allaqachon ishlashmoqda”, – deyiladi Uzcard axborotida.

Mavzuga oid