Jamiyat | 01:40 / 01.09.2017
27602
2 daqiqa o‘qiladi

Iyd al Adha! KUN.UZ tahririyati barchani hayit ayyomi bilan qutlaydi

KUN.UZ tahririyati barcha o‘quvchilarini hayit ayyomi bilan tabriklaydi.

Bugun Iyd Qurbon bayrami. Tahririyat jamoasi sizlarni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbdan, samimiy muborakbod etadi. Ushbu saodatli kunlarda Allohdan mo‘min-musulmonlarning duo-iltijolari, savob amallarini husni qabul aylashi hamda Vatanimizni yanada obod, xalqimiz farovonligini ziyoda qilishini so‘raymiz.

Sizlarning xonadoningizda tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka va yaxshilik bo‘lishini tilaymiz. Mana shunday aziz va mo‘'tabar kunda har doim birga bo‘lish nasib etsin. 

Mustaqil va tinchlik hukmron O‘zbekistonimizga bu ayyomlar yarashadi. Bolalar quvonchiyu, keksalarning duoda bo‘lishi bu kunga o‘zgacha fayz kiritadi. KUN.UZ tahririyati xodimlari har doim yaxshi kunlarda birga bo‘lishni va xonadonlardagi tinchlik-xotirjamlik bardavom bo‘lishining tilakdoshi.

Yana bir bor barchamizga Iyd Qurbon hayiti qutlug‘ bo‘lsin!

Mavzuga oid