Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitiruvchilar “Startup haftaliklari”da o‘z biznes g‘oyalarini namoyish etadi

2017 yil iyun oyining birinchi yarmida (5-16 iyun kunlari) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan respublikaning barcha hududlarida kasb-hunar kolleji va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini saralash “startup xaftaliklari” – innovatsion g‘oyalar tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirlarda markaziy va mahalliy davlat organlari, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi vakillari va investorlar respublikadagi kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga o‘z bizneslarini boshlari uchun moliyaviy ko‘mak hamda axborot-maslahat berish maqsadida jalb etiladilar.

Tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlaridagi oliy ta'lim muassasalari hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Startup xaftaliklari” mobaynida bitiruvchilar tomonidan tijorat banklari hamda salohiyatli investorlar, davlat hokimiyati organlari vakillariga o‘z loyihalarini namoyish etishlari va o‘z bizneslarini boshlari uchun barcha sharoit hamda imkoniyatlar yaratib beriladi.
Bundan tashqari, tadbirlar mobaynida tanlab olingan loyihalar asosida biznes g‘oya tashabbuskorlari tijorat banklari va salohiyatli investorlar bilan ularni moliyalashtirish va shartnomalar tuzish uchun ishchi uchrashuvlar o‘tkazadilar. Shuningdek, eng yaxshi loyihalar tashabbuskorlariga tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda sertifikatlar topshiriladi.

Tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lgan bitiruvchilar loyihaning qisqacha ta'rifi va hal etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar (vazifalar), loyihaning maqsadi, foydalanuvchilar auditoriyasi (mijozlar), loyihaning qiymati (o‘z mablag‘lari, tijorat binklari kreditlari, investorlar mablag‘lari), amalga oshirish muddatlari, loyihani amalga oshirish natijasida yaratiladigan ish o‘rinlari va boshqa ma'lumotlar asosida loyiha pasportini taqdim etadilar.
Tadbir yakuniga ko‘ra bitiruvchilarning “startup” loyihalarini amalga oshirilishi va moliyalashtirilishi monitoringi bo‘yicha maqsadli dastur ishlab chiqiladi. Tadbirlar to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlarni hamda tadbirda ishtirok etish shartlarini biznes.mehnat.uz veb-sahifasidan olish mumkin.
Mavzuga oid
07:34 / 16.01.2026
Dunyo texnoshousidagi yangiliklar: 7 ta g‘alati startap
15:02 / 11.12.2025
O‘zbek startaplarining katta kompaniyalarga aylanishiga nimalar to‘sqinlik qiladi?
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
16:13 / 28.11.2025