Ozarboyjon Rossiya fuqarolarining mamlakatda bo‘lish qoidalarini kuchaytirdi
Endi rossiyaliklar Ozarboyjonda bir kalendar yili davomida 90 kundan ortiq bo‘la olmaydi. Avvalroq, Rossiya ham chet elliklarga nisbatan xuddi shunday qoidani joriy qilgan edi.
Ozarboyjon hukumati 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya fuqarolarining Ozarboyjon Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lish shartlariga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va Rossiya Federatsiyasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Ozarboyjon Respublikasiga vizasiz asosda kelgan holda, bir kalendar yili davomida 90 kundan ortiq bo‘la olmaydi. Qarorni bosh vazir Ali Asadov imzoladi.
Shu yil avgust oyida Rossiyada ham chet el fuqarolari uchun xuddi shunday choralar qabul qilingan edi.
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, yangi qoidalar Rossiyaning xuddi shu mazmundagi qaroriga javoban qabul qilingan.
Mavzuga oid
23:46 / 07.01.2025
Ozarboyjon va Armaniston chegara bo‘yicha muzokaralarning yangi raundini o‘tkazadi
21:20 / 07.01.2025
“Ozarboyjon birorta ham ortiqcha talab qo‘yayotgani yo‘q, Rossiya shartlarni bajarishni paysalga solyapti” - ekspert
18:36 / 07.01.2025
Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot favqulodda Moskvaga qo‘ndi
17:44 / 07.01.2025